Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Charter reysi AQSHning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, uning amalga oshirilishi orqali Oʻzbekiston fuqarolarining yurtimizga xavfsiz va oʻz vaqtida qaytishi taʼminlandi.
"Mazkur tadbir Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasi hisoblanadi. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardagi xavfsizligini taʼminlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish hamda Vatanga qaytarish borasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda", deyiladi xabarda.