баннер
13 Apr 2025
10:54

    AQSHdan deport qilingan yana 10 nafar oʻzbekistonlik Toshkentga qaytadi

    Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida boʻlgan yana 10 nafar oʻzbekistonlik mazkur xafta davomida Nyu-York – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga yetib keladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burhanov maʼlum qildi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH hukumati bir guruh xorijliklar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarini ham Lotin Amerikasi davlatiga deport qilishni rejalashtirayotgandi.

    Ahror Burhanov esa, oʻz navbatida, Qoʻshma Shtatlar va Kosta-Rika hukumatlari bilan diplomatik kanallar orqali aloqalar oʻrnatib, Oʻzbekiston fuqarolarini Nyu-Yorkdan toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkentga olib kelinishi maʼlum qilgandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech