AQSHda portlab ketgan harbiy kema bir necha kun yonishi mumkin

    Voqea-hodisalar 13 Iyul 2020 1952

    17 nafar dengizchi va toʻrt nafar fuqaro jarohat olgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining San-Diyego shahridagi portlash kecha — yakshanba kuni sodir boʻldi.

    «Bonom Richard» (USS Bonhomme Richard) kemasi bilan bogʻliq portlash va yongʻin mahalliy vaqt bilan soat 9 larda boshlangan. Amerika dengiz kuchlarining xabar berishicha, yongʻin paytida kemada 160 nafar dengizchi boʻlgan. Mamlakat OAVlari maʼlumotiga koʻra esa kemada portlash ham yuz bergan. Chunki texnik xizmat koʻrsatishda turgan kemaning ustidan qora tutun koʻtarilgan.

    Oʻt oʻchiruvchilar va harbiy xizmatchilar voqea joyida ishlamoqda, ammo hali yongʻinni oʻchirishga ulgurishmadi. “17 nafar dengizchi va toʻrt nafar tinch aholiga mahalliy shifoxonada yordam koʻrsatilmoqda. Ularning hayoti xavf ostida emas”, - deb yozdi AQSH harbiy-dengiz floti “Twitter”dagi sahifasida.

    Yongʻin natijasida bir nechta oʻt oʻchiruvchilar ham jarohatlangan, kuygan va tutun bilan zaharlangan. San-Diyegodagi oʻt oʻchirish xizmati “Twitter”da voqea joyidan olingan tasvirlarni, shu jumladan, kema ustidan vertolyot uchib, rasmga olgandi.

    San-Diyego yongʻin boʻlimi boshligʻi Kolin Stouellning aytishicha, yongʻin bir necha kun davom etishi va kema “vaterliniyagacha” yonishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, barcha qutqaruv xodimlari va dengizchilar kemani tark etishdi va hozirda olovni tashqaridan oʻchirishga harakat qilishmoqda.

    Yongʻin sababi hozircha nomaʼlum.