AQSHga borish uchun taklifnoma yoxud jabrlanuvchilarning amalga oshmagan rejalari

    Xavfsizlik 13 Iyul 2020 5134

    Dastlabki tergov jarayonida B.G'. tomonidan etkazilgan moddiy zarar jami 44.950.707 so'mni tashkil qilganligi aniqlangan, shundan tergov jarayonida 946.300 so'm qoplangan bo'lib, B.G'. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

    2019 yilning sentyabr` oyidan 28 oktyabr` kuniga qadar 25 yoshli B.G'., SHayxontohur tumani, Bog' ko'chasida bo'la turib, o'zining tanishi 35 yoshli S.X., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSH dollari evaziga AQSH davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va'da qilib, uni aldab, 2.700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

    SHuningdek, B.G'. jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning sentyabr` oyidan 28 oktyabrga qadar 26 yoshli B.A., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSH dollari evaziga AQSH davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va'da qilib, aldab, undan ham 2.050 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, va'dasini bajarmay, firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarni o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

    Holat yuzasidan SHayxontohur tumani 6-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Dastlabki tergov jarayonida B.G'. tomonidan etkazilgan moddiy zarar jami 44.950.707 so'mni tashkil qilganligi aniqlangan, shundan tergov jarayonida 946.300 so'm qoplangan bo'lib, B.G'. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

    Jinoyat ishi bo'yicha ayblov xulosasi tuzilib, tegishliligi bo'yicha sudlovga oshirish masalasini ko'rib chiqish uchun SHayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilgan.

    O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti