AQSHlik jurnalist va yozuvchi O'zbekiston muzeyida bo'ldi

    AQSHning "Atlantic Council" (Atlantika kengashi) katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrell Jermaine Starr O'zbekistonga sayohati davomida O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida ham bo'ldi.

    Mehmon muzey ma'muriyati tomonidan yuqori saviyada kutib olinib, noyob eksponatlar va ekspozisiyalar bilan tanishtirildi.

    Yozuvchi Terrell Jermaine Starr muzey haqida olgan taassurotlari bilan o'rtoqlasharkan shunday dedi: “O'zbek hunarmandchiligi san'atining nodir asarlari meni hayratlantirdi, yurtingizning boy madaniy merosi va milliy qadriyatlari yaxshi saqlanayotganiga guvoh bo'ldim. Bu esa kelgusi avlod uchun katta tarix sifatida xizmat qiladi. Albatta muzeydan olgan taassurotlarimni maqolalarimda aks ettiraman”.

    Amerikalik yozuvchiga muzey rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.