AQSHlik tadbirkor Oʻzbekistonda klinik laboratoriya qurmoqchi

    Xalqaro hamkorlik 30 Oktabr 2020 595

    Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi raisi Muxtor Umarov AQSHning Us Inc kompaniyasi taʼsischisi Mark Vinters bilan uchrashdi.

    Tadbirda mamlakatimizda xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoit haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

    Oʻz navbatida AQSHlik investor Oʻzbekistonda klinik laboratoriya qurish uchun 10 million dollar miqdorda investitsiya olib kirish niyatida ekanini bildirdi. M.Vinters ushbu tibbiyot muassasasi turli kasalliklarni yuqori aniqlikda va tezkor tashhislash imkonini beradigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishini maʼlum qildi.

    - Investorlarni jalb qiladigan bir jihat bu mamlakatning ishonchliligi, - deydi Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi raisi M.Umarov. - Oʻzbekiston tobora xalqaro reytinglarda oldinlamoqda. Ishonchli degan martabaga izchil islohotlar sababli erishilmoqda. Investor ishonchli davlatdagi ishonchli sherikni qidiradi. Bizning uyushma xorijiy investorlarning huquqiy jihatdan har tomonlama himoyalaydi, har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi.

    Mark Vinters zamonaviy quyosh batareyalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgichlar ishlab chiqaradigan zamonaviy zavodlar qurish uchun yirik investitsiya olib kirish niyatida ekani haqida ham soʻz yuritdi, deb xabar beradi “Dunyo”.