AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

    Xalqaro hamkorlik 29 Iyun 2020 1885

    AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Pokiston, Qatar va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

    AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Pokiston, Qatar va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi va Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini muhokama qiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar qilmoqda.

    “Uchala joyda ham maxsus vakil Xalilzod barcha afgʻonlarning afgʻonlararo muzokaralar arafasida qolgan majburiyatlarni bajarishini, ayniqsa, zoʻravonlikni kamaytirish va mahbuslarni oʻz vaqtida ozod qilishni qoʻllab-quvvatlashga chorlaydi”, — deyilgan xabarda.

    Bundan tashqari, u videoaloqa rejimi orqali Afgʻoniston rasmiylari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

    Safar davomida Xalilzodga xalqaro rivojlantirish boʻyicha AQSh moliya korporatsiyasi rahbari Adam Boler hamrohlik qiladi.

    “Delegatsiya Afgʻonistonning iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish va mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun bir qator sohalarda sarmoya kiritish imkoniyatlari hamda hamkorlikni oʻrganadi”, — deyilgan xabarda.

    Eslatib oʻtamiz, AQSh va “Tolibon” radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afgʻonistondan AQSh qoʻshinlari chiqarilishini hamda afgʻonlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi.

    Shuningdek, Qobul 5 ming nafargacha mahbus toliblarni, toliblar esa ming nafargacha afgʻon harbiylarini ozod qilishi kerak.