AQShning Florida shtatiga “Milton” to'foni yopirildi

    AQShning Atlantika okeani sohillariga kuchli “Milton” to'foni yopirilishi tufayli Floridada bir milliondan ortiq iste'molchi elektrsiz qoldi.

    Florida rasmiylarining xabar berishicha, Sent-Lyusi okrugidagi bir necha kishi to'fon qurboniga aylandi – ular qariyalar uyida yashagan. To'fon qurbonlari haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q. Qutqaruv guruhlari, o't o'chirish xizmati va politsiya vakillari voqea joyiga yetib keldi. Qidiruv ishlari davom etmoqda.

    To'fon mahalliy vaqt bilan soat 20:35 atrofida Florida shtatidagi Siesta-Ki aholi punktiga yetib keldi, shamolning maksimal tezligi soatiga 193 kilometrni tashkil etdi, deya xabar beradi AQSh Milliy dovullar markazi.

    To'fonni o'zi bilan olib kelgan tornado 125 dan ortiq uyni vayron qilgan. Deyarli 1,3 million kishi elektrsiz qolmoqda.

    “Milton”ga kuchli bo'ron, yog'ingarchilik va shamol “hamroh” bo'lishi, to'fon kamida payshanba kuni ertalabgacha kuchini saqlab qolishi kutilmoqda.

    Missisipi va Janubiy Karolina shtatlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda mahalliy hokimiyat organlariga yordam berish uchun Floridaga Milliy gvardiya bo'linmalarini yuborishlarini ma'lum qildi, deb xabar beradi mir24.tv.