AQShning g'arbiy qismida rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi

    Las-Vegasda (Nevada) rekord darajadagi harorat qayd etildi, Kaliforniyada esa jazirama tufayli bir kishi hayotdan ko'z yumdi, deb xabar berdi mahalliy ob-havo xizmati va ABC News.

    X ijtimoiy tarmog'i sahifasida e'lon qilingan ob-havo xizmati ma'lumotlariga ko'ra, yakshanba kuni Las-Vegasda havo harorati Selsiy bo'yicha rekord, ya'ni 48,9 darajaga ko'tarildi. Shahardagi avvalgi ob-havo rekordi 2017-yilda Selsiy bo'yicha 47,2 daraja edi, deb xabar beradi ria.ru.

    Shuningdek, Kaliforniya shtatida joylashgan O'lim vodiysida oxirgi 24 soat ichida maksimal harorat Selsiy bo'yicha 53,9 darajani tashkil etdi.

    “Kaliforniyadagi O'lim vodiysida bir kishi issiq tufayli halok bo'ldi, yana bir kishi shifoxonaga yotqizildi”, deb xabar berdi ABC News.

    Newsweek ma'lumotlariga ko'ra, mintaqada o'ta yuqori havo harorati kamida 11 iyulgacha davom etishi mumkin.