AQSHning IT sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalari bilan hamkorlik oʻrnatildi

    Xalqaro hamkorlik 26 Fevral 2024 1376

    Samarqand viloyati delegatsiyasining Filadelfiya shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi boshchiligida “EPAM systems” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuv davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

    Xususan, sohaviy bilimlarni oʻrgatish va IT xizmatlarini eksport qilish maqsadida viloyatda kompaniya ofisini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.

    Shuningdek, “Mir Transportation Inc” korxonasiga tashrif amalga oshirilib, korxona faoliyati bilan tanishildi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv olib borildi.

    Uchrashuv davomida viloyatda investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulayliklar, xususan, IT sohasini rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida suhbat olib borildi, tadbirkorlarga viloyatda oʻz loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi.

    Mazkur uchrashuvlar natijasida,

    - “Mir Transportation Inc” bilan qiymati bilan masofaviy xizmatlarni koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi;

    - “Logex” kompaniyasi bilan qiymati masofaviy xizmatlarni koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi;

    - “Uzrek payment system inc” bilan teng masofaviy xizmatlarni koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi, deb xabar beradi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

    Samarqand viloyat delegatsiyasining AQSHga tashrifi davom etadi.