AQSHning Texas shtatida samolyot qulab tushdi

    AQShning Texas shtatida parvozga ko‘tarilayotgan McDonnell Douglas DC 9-87 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

    Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot parvoz qilganidan so‘ng yetarli balandlikka ko‘tarila olmasdan keskin qo‘nishni amalga oshirishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

    Samolyot yonishidan bir necha soniya avval ekipajning 3 a'zosi va 18 yo‘lovchi qutqarib qolindi.

    Yo‘lovchilardan faqat 2 kishining tan jarohati olgani haqida xabar qilinsa-da, agentliklar tarqatgan suratlarda samolyotning "dum"idan boshqa hamma qismi yonib, kulga aylanganini ko‘rish mumkin.

    Xususiy samolyotda Xyuston Astros hamda Boston Red Soks jamoalari o‘rtasidagi beysbol o‘yinlarini tomosha qilish uchun yo‘l olgan bir guruh muxlislar bo‘lgani aytilmoqda.

    Yo‘lovchilar orasida samolyot egasi Jeyms Alan Kent ham bo‘lgan.