AQShning Yamandagi neft bandargohiga bergan zarbalari oqibatida halok bo'lganlar soni 74 nafarga yetdi

    Payshanba kuni kechqurun AQShning Al-Xudeyda viloyatidagi Ras-Isa neft bandargohiga bergan zarbalari oqibatida kamida 74 kishi halok bo'ldi.

    “Ansor Alloh” hukumati Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, 170 nafardan ortiq kishi jarohatlangan, deb xabar beradi tass.ru.

    “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, AQShning Ras-Isa bandargohiga hujumi oqibatida halok bo'lganlar soni 74 nafarga yetdi, yana 171 kishi jarohat oldi. Tez yordam va fuqaro mudofaasi qutqaruv guruhlari bedarak yo'qolgan va jarohatlanganlarni qidirishni davom ettirmoqda”, deyiladi departament xabarida.