Tegishli qaror 28-dekabr, payshanba kuni Demokratik partiyadan davlat kotibi Shenna Bellouz tomonidan qabul qilindi.

Bu AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan o'n to'rtinchi tuzatish asosida amalaga oshirildi, unga ko'ra lavozimni egallagan paytida Konstitutsiyaga qarshi qo'zg'olon ko'targan (gap Trampning 2021-yil 6- yanvardagi Kapitoliyga bostirib kirilgan voqealarda aloqadorligi haqida bormoqda) hech bir fuqaro Amerika Qo'shma Shtatlar hukumatida yoki biron bir shtatda fuqarolik yoki harbiy lavozimni egallashi mumkin emas.

Bellouzning aytishicha, u shtatdagi ba'zilar, jumladan, sobiq qonunchilarning ikki partiyaviy guruhi Trampning saylovdagi pozitsiyasiga e'tiroz bildirganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Eslatib o'tamiz, bir hafta oldin Kolorado sudi Trampga nisbatan xuddi shunday qaror qabul qilgan edi. Biroq, shtat respublikachilar uchun unchalik muhim emas, chunki Kolorado har doim demokratlar uchun ovoz beradi. Trampning advokatlari qarorga zudlik bilan AQSh Oliy sudida e'tiroz bildirishga va'da berishdi, deb xabar beradi korrespondent.net.