40-yildan ziyod vaqt mobaynida dunyoning nufuzli davlatlarida yangi aeroport, mehmonxonalar, universitet, sotuv va xizmat koʻrsatish obyektlari, shuningdek, yangi shaharlar qurish ishlari bilan shugʻullanib kelayotgan mazkur yirik kompaniya Nurafshonda 1600 gektar yer maydonida “Aqlli shahar” texnologiyasi asosida shahar barpo etish boʻyicha oʻz loyihalarini taqdim etdi.
10-15 milliard dollarlik mazkur loyihaga qoʻshimcha 15 dan ortiq yirik investorlar jalb etilishi, dastlab, mahalliy mahsulotlardan arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqariladigan zavod tashkil etish takliflari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Aqlli shahar” tarkibida davlat korxonasi va tashkilotlari, tibbiyot, taʼlim muassasalari boʻlishi bilan birga, sanoat zonalari, texnoparklar joylashtirilishi orqali hududning oʻzida yana koʻplab ish oʻrinlari yaratish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Poytaxt bilan bogʻlovchi tez yurar poyezd qatnovini yoʻlga qoʻyish ham reja qilindi.
Uchrashuv soʻngida, muhokama etilgan hamda hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan ikki hudud oʻrtasida Memorandum imzolashga kelishib olindi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.