Aqtauda Azerbaijan Airlines yo'lovchi samolyotining qulab tushishi oqibatida 38 kishi halok bo'ldi, dedi Qozog'iston bosh vaziri o'rinbosari, falokat sabablarini o'rganish bo'yicha komissiya rahbari Kanat Bozumbayev Tengrinews agentligiga.
“Shifoxonada 29 kishi bor, ularning ikki nafari bolalar. O'n bir kishi barqaror og'ir ahvolda. Qolganlarning esa ahvoli o'rtacha darajada. Jarblanganlardan birining shaxsi aniqlanmadi, u hushsiz holatda”, deya qo'shimcha qildi Bozumbayev.
Rasmiyning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning jasadlari yonib ketgan, ularning shaxsni aniqlash uchun alohida jarayon o'tkaziladi.
Bokudan Grozniyga uchgan Embraer 190 samolyoti 25-dekabr kuni ertalab Qozog'iston g'arbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyot bortida 62 yo'lovchi va besh nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, yo'lovchilar orasida 16 nafar Rossiya, 37 nafar Ozarbayjon, olti nafar Qozog'iston va uch nafar Qirg'iziston fuqarosi bo'lgan.
Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 9 nafar Rossiya fuqarosi shifoxonada.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev matbuot xizmatining xabar berishicha, samolyot noqulay ob-havo tufayli yo'nalishini o'zgartirgan. Aqtauga qo'nish vaqtida halokat yuz berdi. Davlat rahbari sodir bo'lgan voqea bo'yicha turli versiyalar borligini ta'kidlab, tergov tugaguncha kutishga chaqirdi. Boshqa versiyalar qatorida, samolyot qushlar bilan to'qnashib ketgani haqidagi versiya ilgari surildi, deb xabar beradi ria.ru.