Bu haqda Associated Press (AR) xabar berdi.
AP ma'lumotlariga ko'ra, Yamaykada uch kishi, Gaitida uch kishi halok bo'lgan, Dominikan Respublikasi rasmiylari esa bir kishi halok bo'lgan va bir kishi bedarak yo'qolganini qayd etgan.
Saffir-Simpson shamol shkalasi bo'yicha 5-toifali “Melissa” to'foni 28-oktabr kuni Yamaykaga yetib keldi. Uning epimarkazidagi eng yuqori shamol tezligi soniyasiga 82 metrni (soatiga 295 kilometr) edi. U orolda suv toshqini va keng ko'lamli vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi. To'fon qirg'oqqa yetib borgandan so'ng, 4-toifali bo'ronga qadar zaiflashdi. “Melissa” hozirda 3-toifali to'fon sifatida Kubaning sharqiy qismiga qarab harakatlanmoqda, keyin esa, meteorologlarning fikriga ko'ra, Bagam orollariga yetib boradi, deb xabar berdi tass.ru.









