Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi belgilandi. Agar sport zali boʻlmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi boʻyicha yiliga 2-marta musobaqa tashkil qilib, gʻoliblarni taqdirlash topshirildi.

Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar oʻrtasida respublika birinchiliklari oʻtkazilishi belgilandi.

Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Tadbirkorlar oʻz ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda soligʻi bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz boʻladi.