Muzokaralarda Moskvadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etmoqda. Amerika tomonidan Prezidentning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi Mayk Uoltts, Davlat kotibi Marko Rubio va Yaqin Sharq bo'yicha maxsus elchi Stiven Uitkoff qatnashmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni tiklash masalalari, shuningdek, Rossiya va AQSh yetakchilarining sammitiga tayyorgarlik ko'rish va Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha bo'lib o'tishi mumkin bo'lgan muzokaralarni ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Vladimir Putin va Donald Tramp o'tgan chorshanba kuni deyarli bir yarim soat davomida telefon orqali suhbatlashgan edi. Davlat rahbarlari Rossiya va AQSh fuqarolarini almashish, shuningdek, Ukrainadagi harbiy harakatlarni to'xtatish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilgandi, deb xabar beradi ria.ru.