Arab dunyosida birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushiriladi

    BAA Bosh vaziri davlatning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining chorak qismini xavfsiz, ishonchli va ekologik jihatdan toza holda yetkazib beradigan toʻrtta atom elektr stansiyasi ishga tushirilishini eʼlon qildi.

    Birlashgan Arab Amirliklarining Bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maktum bugun Arab dunyosida birinchi “Baraka” atom elektr stansiyasini ishga tushirilishini eʼlon qildi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    - Bugun biz BAAning Abu Dabidagi “Baraka” stansiyasida Arab dunyosining birinchi atom reaktorini ishga tushirishdagi muvaffaqiyatini eʼlon qilamiz. Mutaxassislar yadro yoqilgʻisini yuklab keng qamrovli sinovlarni asosida ishga tushirish ishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar, - dedi Twitterdagi sahifasida BAA vaziri.

    Uning taʼkidlashicha, BAA “davlatning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining chorak qismini xavfsiz, ishonchli va ekologik jihatdan toza holda yetkazib beradigan toʻrtta atom elektr stansiyasini ishga tushirmoqchi. BAA tomonidan atom elektr stansiyalari va kosmik tadqiqotlar olib borilmoqda. Dunyodagi boshqa rivojlanayotgan davlatlar kabi Arab dunyosi ham ilmda oʻz yoʻllarini yangilashga va raqobatlashishga qodir ekanini bildirmoqda.

    Mamlakatning gʻarbida, Fors koʻrfazi sohilida Abu Dabi amirligida mamlakat roʻyxatidan 250 kilometr uzoqlikda toʻrtta reaktor bilan ishlaydigan atom elektr stansiyasi qurilmoqda.

    25 milliard dollarlik elektr stansiyasining qurilishi 2012-yilda Korea Electric Power Corp.kompaniyasi boshchiligidagi Koreyaning gʻolib boʻlgan konsorsiumi tomonidan boshlangan.