Maʼlum boʻlishicha, nomi oshkor qilinmagan arab klubi MYU hujumchisi bilan shartnoma imzolash uchun 300 million yevro sarflashga tayyor.

Ushbu summaning 250 millioni portugaliyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnomaga (yiliga 125 milliondan), 30 millioni esa transfer uchun “Manchester Yunayted”ga, yana 20 million agentlarga komission pul sifatida ajratiladi.

Ammo 37 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan bu taklifni qabul qilmaydi. Ronaldu kamida bir mavsum Yevropaning top-klubida oʻynab, YECHLda ishtirok etmoqchi.