Arda Guler Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi

    Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Guler futbol bo'yicha Yevropa chempionati doirasida Gruziyaga qarshi o'yinda gol urdi.

    “Real” yarim himoyachisi Dortmundda o'tkazilgan o'yinning 65-daqiqasida gol urib, turk jamoasini 2:1 hisobida oldinga olib chiqdi. Shundan so'ng uning jamoasi yana bir gol urib, g'alabani mustahkamladi – 3:1.

    Opta Sports xabariga ko'ra, Guler Yevropa chempionatlari tarixidagi debyut uchrashuvida eng yosh gol muallifi bo'ldi. U 19 yoshu 114 kunligida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

    Turk futbolchisi Yevropa chempionatida 19 yoshu 128 kunligida ilk golini urgan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi. Krishtianu buni Yevro-2004 da Gretsiya bilan o'yinda amalga oshirgan edi, deb xabar beradi tengrisport.kz.