Argentina Prezidenti Messi tufayli sport vaziri o'rinbosarini ishdan bo'shatdi

    Argentina Prezidenti Xavyer Miley matbuot xizmati Lionel Messi haqidagi so'zlaridan so'ng sport vaziri o'rinbosari ishdan bo'shatilganini ma'lum qildi.

    Argentina terma jamoasi futbolchilari efirda Fransiya terma jamoasi futbolchilarini haqoratlagan qo'shiq tufayli mojaro yuzaga keldi. Argentina sport vaziri o'rinbosari Xulio Garro voqea uchun Messi birinchi bo'lib uzr so'rashi kerak, deb hisobladi.

    “Menimcha, terma jamoa sardori (Messini nazarda tutmoqda) AFA Prezidenti kabi chiqib, bu voqea uchun kechirim so'rashi kerak”, deya Garroning so'zlaridan iqtibos keltiradi TycSports.

    Sport amaldorining bayonotidan bir kun o'tib, uning lavozimidan ozod etilgani ma'lum bo'ldi.

    “Hech bir hukumat Argentina terma jamoasiga nima qilish kerakligini, nimani o'ylashni yoki nima qilishni ayta olmaydi. Na jahon chempioni, olimpiada chempioni, ikki karra Amerika chempioniga, hech qaysi fuqaroga. Shu sababli Xulio Garro endi mamlakat sport vazirining o'rinbosari lavozimida ishlamaydi”, deya ma'lum qildi mamlakat Prezidenti matbuot xizmati.

    Eslatib o'tamiz, argentinaliklar va fransuzlar o'rtasidagi mojaro 2022-yilgi jahon chempionati finalidan so'ng boshlangandi, unda Messi jamoasi penaltilar seriyasida g'alaba qozongandi, deb xabar beradi tengrisport.kz.