Argentina: UNESCO ro'yxatiga kiritilgan bog'da yong'in sodir bo'ldi

    Argentinada joylashgan Los-Alerses milliy bog'ida yong'in yuz berdi. Ushbu obyekt UNESCOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

    Yong'in ming gektar maydonni qamrab oldi.

    Yong'in Chubut viloyatining bir qancha hududlariga tarqaldi. 250 dan ortiq brigada a'zolari u bilan kurashmoqda, qolgan 123 nafari keyinroq safarbar etiladi. Yong'inni bartaraf etish uchun havo kuchlaridan foydalanildi. Milliy bog'ning yong'in, aloqa va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Mario Kardenas yong'inni o'chirish uchun bir necha kun vaqt ketishini aytdi.

    Noqulay ob-havo sharoiti, shamol va havoning issiq ekani, bundan tashqari, Futalaufken ko'li vodiysida yuzaga kelgan tutun yong'inni o'chirishni qiyinlashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.