"Kristina Kirshnerni o‘ldirmoqchi bo‘lgan qurolli kishi uning uyi atrofida qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

"Jinoyatchi to‘pponchasini Kristina Kirshnerga qarata o‘qtaldi", — deyiladi TN telekanali tarqatgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Kirshner jabr ko‘rmagan.

Bir haftadan buyon odamlar vitse-prezidentning uyi oldiga to‘planishmoqda. Ular Kirshnerning korrupsiyada ayblanishiga qarshi chiqishmoqda.