Argentinada qulab tushgan mehmonxona vayronalari ostidan to'rt kishining jasadi topildi

    Argentinalik qutqaruvchilar bir haftalik qidiruv ishlari davomida Vilya-Xesel shahridagi 10 qavatli mehmonxona qulab tushgan joydan to'rt kishining jasadini topishdi.

    Bu haqda TN telekanali xabar berdi.

    Unga ko'ra, yana to'rt kishi bedarak yo'qolgan. Vayronalarni tozalash ishlari davom etmoqda.

    Qayd etilishicha, mehmonxonaning yangi egalariga ta'mirlash ishlarida yordam bergan uning sobiq egasi va jiyani, qulashdan zarar ko'rgan qo'shni binoda yashgan turist, shuningdek, quruvchi hodisa qurboniga aylandi.

    Eslatib o'tamiz, keng ko'lamli ta'mirlash ishlari olib borilgan mehmonxona 29-oktabrga o'tar kechasi qulab tushgan edi. Ikki oy oldin shahar hokimiyati mehmonxona egalariga ruxsat etilmagan binoda ta'mirlash ishlarini to'xtatishni so'ragan, deb xabar beradi report.az.