Nashrning yozishicha, voqea o'yin vaqtidagi mushtlashuv vaqtida, futbolchilar hakamni o'rab olgan paytda sodir bo'lgan. Armoa pichoqni chiqarib, o'yinchilardan birining ko'kragiga sanchdi. Jabrlanuvchi bir zumda hushini yo'qotdi, shundan so'ng jamoadoshlari uni ko'tarib maydondan olib ketishdi. Futbolchi o'pkasi jarohatlangan bo'lib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ma'lum qilinishicha, o'z vaqtida ko'rsatilgan tibbiy yordam tufayli futbolchining hayoti xavf ostida emas.

Futbolchiga pichoq urgan hakam qochishga uringan, biroq mahalliy politsiya tomonidan hibsga olingan va hujumda ishlatilgan pichoq ham topilgan. Argentina politsiyasi ayni damda ishni tergov qilmoqda, jarohat olgan futbolchi shifokorlar nazorati ostida tiklanishini davom ettirmoqda, deb xabar beradi rsport.ria.ru.