2022 yilning 5 iyul kuni kuni taxminan soat 01:55 larda, Shayhontohur tumani, Qoratosh ko'chasida 1995 yilda tug'ilgan, fuqaro S.V. elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo'qotgan va yo'ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
Hodisa natijasida, elektrosamokat haydovchisi og'ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq tibbiyot xodimlari tomonidan ko'rsatilgan muolajalariga qaramay, 11 iyul kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.