Arktika hozirda boshqa mintaqalarga qaraganda deyarli to'rt barobar tezroq isimoqda. Ushbu hodisaning oqibatlarini aniqlash uchun olimlar bir nechta iqlim modellarini yaratishdi. Ulardan biri Arktika hududida isishning tezlashishini hisobga oldi. Muqobil modelda Arktikada tez isish kuzatilmadi.
Arktikada havo haroratining oshishidagi nomutanosiblik ham prognozlarga katta noaniqlikni keltirib chiqardi. Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu mintaqadagi haroratni ham yer yuzasida, ham sun'iy yo'ldoshlar yordamida obdon kuzatish talab etiladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, ikki daraja global isish Arktikadagi o'rtacha yillik haroratning to'rt darajaga oshishiga olib keladi. Qish oylarida havo harorati yetti darajagacha oshadi. Bu mahalliy ekotizimlar va aholi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi, deb xabar beradi mir24.tv.