Arktika muzliklari erib ketishi mumkin..mi?

    So'nggi 40 yilda sayyoraning boshqa qismlariga qaraganda harorat bu erda 4 marta tezroq isigan

    Tadqiqotchilarning so'zlariga ko'ra, bu mintaqada iqlim o'zgarishi 1979-2021-yillarda boshqa joylarga qaraganda tezroq kechgan.

    Olimlar orasida Arktika iqlimi tezkor ravishda ilib borayotgani to'g'risida konsensus bo'lsa-da, bu bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Masalan, Norvegiyada joylashgan Arktika kengashi 2021 yilda ushbu mintaqada harorat so'nggi 40 yilda o'rtacha tsel`siy shkalasi bo'yicha 3.1 darajaga oshganini ma'lum qilgan. Bu esa global ko'rsatkichdan 3 barobarga ko'p.

    “Ilmiy adabiyotlarda Arktika boshqa joylarga qaraganda 2 barobar tezroq isiyotgani qayd etilgan. Shu sababli bizning tadqiqotlarimiz natijasi meni biroz hayratlantirdi”, degan Finlyandiya meteorologiya instituti xodimi Antti Lipponen.

    Umuman olganda, shimoliy qutbning turli nuqtalarida iqlim o'zgarishi turlicha ketayotgani aniqlangan. Masalan, Shpitsbergen arxipelagi va Novaya Zemlya oroli yaqinidagi hududlarda harorat o'rtacha 1.25 darajaga ko'tarilgan.

    Arktikaning isishi butun dunyoga o'z ta'siri ko'rsatadi. Masalan, Grenlandiya muzlarining erishi okeanlar sathining 6 metrga ko'tarilishiga olib keladi.

    “Iqlim o'zgarishiga odamlar sababchi. Arktika isib borishi bilan uning muzlari eriydi va dengiz sathi ko'tarilishiga olib keladi. Bu erdagi o'zgarishlar barchamizga ta'sir ko'rsatadi”, degan Lipponen.