Arktikada issiq harorat bo'yicha rekord o'rnatildi

    2024-yil oktabrdan 2025-yil sentabrgacha mintaqadagi o'rtacha harorat 125 yillik qayd etish ishlari davomida eng yuqori ko'rsatkichga yetdi.

    Bu haqda The Guardian AQSh Milliy okean va atmosfera boshqarmasi hisobotiga asoslanib xabar berdi.

    Olimlarning fikriga ko'ra, Arktika butun sayyoraga qaraganda to'rt baravar tezroq isib bormoqda. Buning asosiy sababi qazilma yoqilg'ilarning yonishi bo'lib, bu issiqlik to'planishiga olib keladi va global iqlimni tartibga solishda muhim rol o'ynaydigan mintaqaning muvozanatini buzadi.

    2025-yilda dengiz muzining darajasi 47 yillik sun'iy yo'ldosh kuzatuvlari davomida eng minimali bo'ldi. Bundan tashqari, mintaqada rekord miqdordagi yog'ingarchilik qayd etildi, aksariyat holatda qor emas, balki yomg'ir yog'di. Shu sababli, iyun oyidagi qor qoplami 60 yil avvalgidan ikki baravar kam bo'ldi.

    Olimlar shuningdek, 1980-yillardan beri eng qadimgi va eng qalin Arktika dengiz muzi 95 foizdan ko'proqqa qisqarganini ta'kidlashmoqda. O'tgan oyda muzlik darajasi rekord darajada past bo'ldi, bu esa ushbu salbiy tendensiyaning davom etishi mumkinligini ko'rsatadi, deb xabar berdi korrespondent.net.