Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari arman pozitsiyalariga qarata o't ochganini ma'lum qildi

    Ozarbayjon qurolli kuchlari chegaradagi armanlarning pozitsiyalariga qarata o't ochdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon qurolli kuchlari bo'linmalari 1-aprel kuni soat 22:00 da Gegarkunik viloyati hududida va 2-aprel kuni soat 00:40 Syunik viloyati hududidagi qishloqlarda armanlarning pozitsiyalariga o't ochgan.

    Shuningdek, Yerevan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan xabar, ya'ni 1-aprel kuni soat 22:00 dan 22:10 gacha Armaniston Qurolli kuchlari bo'linmalari tomonidan Ozarbayjonning chegara zonasining janubi-g'arbiy qismida joylashgan pozitsiyalariga o't ochilgani haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.