Vazirlar Mahkamasi majlisi mahalliy telekanallar orqali real vaqt rejimida namoyish etildi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi.
2-sentabr kuni Armaniston hukumati Ozarbayjon bilan chegarani delimitatsiya qilish komissiyalarining birgalikdagi faoliyati to'g'risidagi qoidalarni ratifikatsiya qilish loyihasini e'lon qildi. Qonun loyihasiga ko'ra, delimitatsiya jarayonida Armaniston va Ozarbayjon komissiyalari barcha xaritalardan, shuningdek, qonuniy asosga ega bo'lgan hujjatlardan foydalanadi. Konstitutsiyaviy suddan keyin hujjat parlament tomonidan ko'rib chiqiladi. Nizom arman, ozarbayjon va rus tillarida tuzilgan va Ozarbayjon tomonidan ham ratifikatsiya qilinishi kerak, deb xabar beradi tass.ru.