Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida chegaradagi Xoznavar qishlog'idagi turar-joy binosiga zarar yetganini ma'lum qildi.
“23-aprel kuni taxminan 22:20 (Moskva vaqti bilan 21:20) Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo'linmalari Syunik viloyatining Xoznavar qishlog'i yo'nalishida o't ochdi, oqibatda turar-joy binosiga zarar yetdi. Jabrlanganlar yo'q”, deya xabar berdi Armaniston harbiy boshqarmasi matbuot xizmati.
Yerevan Ozarbayjon tomonini Xoznavardagi turar-joy binosining o'qqa tutilishi bo'yicha tekshiruv o'tkazishga va jamoatchilikka tushuntirish berishga chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.
“Eslatib o'tamiz, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri idorasi o't ochishni to'xtatish rejimini buzish holatlarini tekshirish uchun Armaniston-Ozarbayjon qo'shma mexanizmini yaratishni taklif qilgan edi. Biroq, Ozarbayjon bu taklifga hali ham javob bermadi”, deya ta'kidladi departament.









