Armaniston Ozarbayjon tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida harbiy xizmatchilari halok bo'lganini ma'lum qildi

    Armaniston Mudofaa vazirligi o'zining Telegram-sahifasida Ozarbayjon tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida chegarada ikki harbiy xizmatchi halok bo'lganini ma'lum qildi.

    Avvalroq Ozarbayjon va Armaniston 12-fevral oqshomida o'q otganlikda bir-birini ayblab, jarohatlanganlar borligini bildirgan edi.

    “Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Nerkin Xanda (Syunik viloyati) yo'nalishida o'qqa tutilishi natijasida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Armaniston tomonidan ikki kishi halok bo'lgan va yaralanganlar bor”, deyiladi Armaniston departamenti bayonotida hamda qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilindi.

    Dushanba kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlarini o'z hududini o'qqa tutganlikda va bir nafar askarni yaralaganlikda aybladi, deb xabar beradi ria.ru.