Armaniston parlamenti binosi yaqinidagi to'qnashuvda 17 nafar politsiyachi jarohatlandi

    Armaniston parlamenti binosi yaqinida muxolifat faollari bilan to'qnashuv chog'ida kamida 17 nafar politsiyachi jarohatlandi.

    Bu haqda Yerevan politsiya boshqarmasi boshlig'i, general-mayor Sevan Kocharyan ma'lum qilgan.

    “17 politsiyachi ham yaralandi”, dedi u muxolifat yetakchisi, arxiepiskop Bagrat Galstanyanning xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi noqonuniy kuch ishlatgani haqidagi bayonotiga javoban.

    Tibbiyot markazlariga jami 79 nafar fuqaro va ichki ishlar xodimlari murojaat qilgan, deb xabar beradi report.az.