Armaniston ShHTga a'zo bo'lish istagini bildirdi

    Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo bo'lish istagini bildirdi, deb xabar qildi respublika tashqi ishlar vazirligi.

    “Shanxay hamkorlik tashkilotining asosiy tamoyillari, ya'ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligi amal qilgan holda, Armaniston Respublikasi ShHTga a'zo bo'lish istagini bildirdi”, deyiladi Armaniston TIV ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan bayonotda.

    Hozirda ShHTga 10 ta davlat – Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston, O'zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron va Belarus a'zo, deb xabar beradi ria.ru.