Armaniston: yonilg'i quyish shoxobchasida portlash sodir bo'ldi, yetti kishi jabrlandi

    Armanistonda Yerevan-Sevan yo'lining ikkinchi kilometrida yonilg'i quyish shoxobchasining portlashi oqibatida jabrlanganlar soni yetti nafarga yetdi.

    Bu haqda bugun mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    “Ulardan 7 nafariga tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 4 nafarining ahvoli o'ta og'ir, deb baholanmoqda.

    6-iyun kuni soat 23:14 da Milliy inqirozni boshqarish markaziga Yerevan-Sevan avtomagistralidagi yonilg'i quyish shoxobchasida portlash sodir bo'lgani, keyin esa yong'in chiqqani haqida signal keldi. Voqea joyida 30 nafar qutqaruv guruhi ishlamoqda, deb xabar beradi tass.ru.