Hukumatning rasmiy saytida chop etilgan qarorda “Dunyodagi epidemiologik holatning kuchayishini, hamda Armanistonda koronavirusning tarqalishi davom etayotganini inobatga olib, Armaniston hukumati butun mamlakat boʻylab 2020-yil 11-sentyabrdan 2021-yil 11-yanvargacha davom etadigan karantin tartibini joriy etish haqida qaror qabul qildi”deyiladi.
Respublikada mart oyida 12-sentyabrda tugashi kerak boʻlgan Favqulodda holat eʼlon qilingandi. Shunga qaramay, bu yerda ommaviy tadbirlarga, jumladan mitinglarga ruxsat berilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Yaqinda respublikada infeksiyaning 174 ta yangi holati aniqlangan. Sentyabr oyining boshidan esa bu koʻrsatkich ikki barobarga oshgan.