Armanistonda Ozarbayjon bilan delimitatsiyaga qarshi namoyishchilar Yerevan-Gyumri avtomobil yo'lini to'sib qo'yishdi

    Armanistonning Shirak viloyatining 100 ga yaqin aholisi Ozarbayjon bilan chegaralarni bir tomonlama delimitatsiya qilishni to'xtatish talabi bilan Yerevan-Gyumri avtomobil yo'lini to'sib qo'yishdi.

    Ular Tavush viloyati chegarasidagi to'rt qishloq Bokuga berilayotganidan norozi.

    Voqea joyidan olingan videoni “Armaniston” muxolifat fraksiyasi deputati e'lon qildi.

    Facebookda e'lon qilingan videoga ko'ra, aholi avtomobillar bilan yo'lni to'sib qo'yishgan. Ular rasmiylarni arman yerlarini berib yuborishda ayblamoqda.

    Bunga parallel ravishda respublikaning boshqa hududlari va Yerevanda ham norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda. Gruziya va Eronga olib boruvchi yo'llar yopilgan, deb xabar beradi tass.ru.