Musobaqada Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Oqqo'rg'on, Bo'stonliq, Yuqori Chirchiq, Bo'ka, Parkent, Zangota tumanlari va Chirchiq shahri hamda Andijon, Farg'ona viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 120 dan ortiq sportchi  ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasida Bunyod Shoislomov, Mirabbos Mirsaitov, Behruz Botirxo'jaev, Umidjon Ermatov, Abrorjon Riqsiboev, Isroil Shokarimov, Begzod Manazarov, Aziz Akarov, Xudoyor Nomonov, Sarvar Abdunabiyev, ayollar o'rtasida Shahnoza Begimova va Saida Sultonqulova, Ezoza Sobirova 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Umumjamoa bo'yicha Yuqori Chirchiq tumani 1-o'rin, Quyi Chirchiq tumani 2-o'rin, Toshkent shahri 3-o'rinni egallashdi. G'oliblarga medal, diplom va estalik sovg'alar berildi.

Isroil Shokarimov,

 Armrestling sport turi bo'yicha Yuqori Chirchiq tumani murabbiyi