Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratiladi

    Aydar-Arnasoy koʻli atrofida yirik sohil turizm majmuasi va sogʻlomlashtirish markazi qurilgani Arnasoy tumani aholisining daromadi koʻpayishiga katta turtki berdi.

    Endilikda Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, Aydar-Arnasoy koʻligacha temir yoʻl ham olib kelinadi.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga Doʻstlik tumanidan koʻl hududigacha 45 kilometrli yangi temir yoʻl liniyasini qurishni boshlash topshirildi.

    Shuningdek, 7 milliard soʻm hisobiga tumandagi Baxtli mahallasining infratuzilmasi yaxshilanib, turizm qishlogʻiga aylantiriladi. Hududga olib boruvchi yoʻl taʼmirlanadi, tungi yoritish chiroqlari va turizm yoʻl belgilari oʻrnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi.