Jahonda kuzatilayotgan iqlim o'zgarishi ta'siri keyingi paytda bizning mintaqamizda ham  yaqqol sezilmoqda. SHu bois dehqonchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga katta e'tibor qaratilyapti. 

e'tiborlisi, sug'orishning tejamkor texnologiyalari qo'llash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplab berilyapti.

Bu esa dehqonlarning yangilikni tatbiq qilishga rag'balantirmoqda. Natijada klasterlar tomonidan 126 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. 

2022 yilda bunday maydonlar yanada kengayadi. Misol uchun, Arnasoy tumanida jami 8000 gektar paxta maydoni ekilishi rejalashtirilgan bo'lsa,  shuning asosiy qimida tomchilatib sug'orish tizimi qo'llanilishi rejalashtirilgan. Buning uchun tumanda faoliyat yuritayotgan “Agroelegant” hamda “Arnasoy Paxta G'alla Cluster” paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan putratchi va bank filiali bilan shartnomalar imzolanib, amaliy harakatlar boshlab yuborildi.