Kecha, 12 iyun kuni soat 14:01larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Langar” MFY, “Langar” qishlog'ida yashovchi fuqaro viloyat FVBning qisqa “1050” raqamiga murojat qilib, shu kuni taxminan soat 13:30 larda o'zlariga tegishli bo'lgan dala maydonida qazilgan, 200 diametirli suvsiz artezian quduqqa 6 yoshli o'g'li tushib ketganligi, uni olib chiqishda amaliy yordam so'rab tashvishli murojaat qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari etib borgan. Qutqarish ishlariga FVBning maxsus texnikalari, ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola bugun soat 10:25 da qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko'rsatish uchun tez tibbiy yordan xodimlariga topshirilgan. Bu haqida FVV axborot xizmati xabar bermoqda.