Artizan quduqlari uchun ajratilgan kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼsul shaxslar 600 mln. kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgani aniqlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, “O.D.” fermer xoʻjaligi rahbari S.U. va “E.B.” MChJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, tijorat banki filialidan ajratilgan 600 mln soʻm kredit mablagʻini pudratchi “E.B.” MChJga artizan quduqlarini qazish uchun oʻtkazishga erishib, amalda 1 dona artizan qudugʻini qazish ishlarini qisman bajarib, kredit mablagʻlarini pudratchining hisob-raqamidan naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgani aniqlandi.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.