Ushbu monografiya orqali Oʻzbekistonda arxeologiya fanining istiqboli va taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan, xususan Xorazm vohasidagi qalʼalarda dastlabki tadqiqot ishlarini olib borib, moziy sirlarini oydinlashtirishdagi ilmiy xizmatlari dunyo olimlari tomonidan eʼtirof etilgan, Ya. Gʻulomov, S.P.Tolstovlarning hayoti va faoliyatiga kengroq yondashilgan.
Shuningdek, boshqa arxeologlarning ham hayoti va ilmiy faoliyatiga oid maʼlumotlar eʼtiboringizga havola qilinadi.