Arxeologlar Turkiyada 1700 yoshli ayol haykalini topdi

    Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda.

    Topilma qadimgi Perge, hozirgi Antaliya shahri hududida joylashganligi aniqlandi. Qazish ishlariga Istanbul universiteti arxeologiya professori rahbarlik qilmoqda, uning soʻzlariga koʻra, topilgan bu shakl Antaliya arxeologik muzeyida saqlanadi.

    Istanbul universiteti olimlari tomonidan 1946-yilda boshlangan qazish ishlari hozirgi kungacha davom etmoqda. Keng koʻlamli arxeologik izlanishlar olib borilayotgan mazkur joy 2009-yilda YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.