Arzonning shoʻrvasi tatimasmi?

    Mamlakatimizda 3 Iyul 2020 877

    Xabaringiz bor, pandemiya sababli un mahsulotining barcha hududlarga bir maromda yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida, Hukumat tomonidan birja savdolarisiz, mahsulotning toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar bilan sotilishi yoʻlga qoʻyildi.

    Shuningdek, hukumat topshirigʻiga asosan «Oʻzdonmahsulot» korxonalarida ishlab chiqarilgan un mahsuloti uchun belgilangan narx soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qatʼiy nazoratga olindi. Ammo un sifatiga boʻlgan eʼtibor ham shu darajadami?

    Yaqinda Chust tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Kamoliddin Rafiqov tomonidan “aholiga tarqatilgan un sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti” qabilidagi videoxabar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab boʻldi.

    Ushbu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tegishli joyga bordi.

    Xabarda bayon etilishicha, fuqaro Rafiqov «Sultonmarketsavdo» tomonidan tarqatilgan «Popdonmahsulot» ning 25 kg unidan xarid qilgan, ammo pishirilayotgan nonlar tandirdan oqib ketganligidan soʻng unning sifatsiz ekanligini tushungan. Federatsiya xodimlari tomonidan uyning sifatini aniqlash maqsadida laboratiriya nazoratiga yuborildi.

    Natijalar shuni koʻrsatdiki, uyning sanitar epidemiologik holati natijasi isteʼmolga yaroqli ekanligi ammo Oʻzstanadart talablariga toʻlaligicha javob bermasligi aniqlandi. Yaʼni unning xom yelimlilik foizi yuqori. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati