Asadjon Xodjaev AOKAga direktor etib tayinlandi

    Ijtimoiy hayot 29 Iyul 2020 3022

    Asadjon Xo'jaev 1970 yil 3 sentyabrda Qozog'iston Respublikasi CHimkent viloyatida tug'ilgan.

    Asadjon Xo'jaev O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

    Ma'lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2001 yilda – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – elektraloqa muhandisi, iktisod magistri.

    1995–2001 yillarda O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi markaziy apparatida, 2001-2003 yillarda “O'zbekiston pochtasi” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o'rinbosari, “O'zinfokom” Komp`yuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

    2003–2004 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining etakchi konsul`tanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

    2004–2011 yillarda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o'rinbosari, 2011-2012 yillarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o'rinbosari – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan.

    2017 yilning dekabridan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan.

    2018 yil avgustidan — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivjlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi direktori, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasining boshlig'i lavozimlarida ishlagan.

    Oilali, 4 nafar farzandi bor.