Aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining qaroriga asosan Qayumov Asadulla Urolovich Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019-yildan buyon Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida Boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Badriddinov Ziyoviddin Bositovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tasdiqlandi.