Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev finalda! Aʼloxon Abdullayev uchun ushbu musobaqa yakunlandi

    Sport 12 May 2023 1638

    -67 kg vazn toifasida porlayotgan bokschimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev finalchilar qatoriga oʻz nomini qoʻshib qoʻydi.

    Moʻgʻulistonlik Misheyelt Battumur bilan jang qilgan bokschimiz ishonchli tarzda bahsni oʻz foydasiga hal qildi va finalga yoʻl oldi.

    Aʼloxon Abdullayev uchun esa ushbu musobaqa yakunlandi.

    Hamyurtimiz yarim finalda braziliyalik Vanderley Pereyraga imkoniyatni boy bergan boʻlsa ham, 19 yoshida debyut chempionatidayoq shohsupaga koʻtarilishi ulkan yutuq hisoblanadi.

    Shuningdek, -92 kg vazn toifasida jang qilayotgan Lazizbek Mullojonov ham bronza medali sohibiga aylandi.

    -92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov JCH yarim finalida rossiyalik Muslim Gajimagomedovga imkoniyatni boy berdi.